17 Iyun 2024 677

Anvar Anvarov Shvetsiyada tengsiz boʻldi

Shvetsiyaning Sollentuna shahrida yengil atletika boʻyicha “Folksam GP Sollentuna” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Anvarov oltin medalga sazovor boʻldi.

Yurtdoshimiz uzunlikka sakrash dasturida yana bir yuqori natijasi bilan mutaxassislar eʼtirofiga sazovor boʻldi. Bu gal Anvarov 7,80 metr koʻrsatishga erishdi.

1. Anvar Anvarov (Oʻzbekiston) – 7,80 mmetr
2. Lazar Anich (Serbiya) – 7,60
3. Ugo Olsson (Shvetsiya) – 7,42

Text to speech