17 Iyun 2024 807

BRIKS o‘yinlarida yana bir oltin medal

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahri mezbonlik qilayotgan BRIKS o’yinlarida navbatdagi kun ortda qoldi. Ahamiyatlisi, unda O’zbekiston delegatsiyasi uchinchi oltin medaliga sazovor bo’ldi. Kun davomida atletlarimiz yana 2 ta bronza medalini qo’lga kiritishdi. Batafsil:

 Oltin medal:
Darya Latisheva (ushu, nanquan).

 Bronza medal:
Shahboz Xolmirzayev, Mehrojbek Mamatqulov, Yevgeniy Agafonov, Davrjon Davronov (akademik eshkak eshish, M4x);

Alisher Turdiyev, Davrjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Fazliddin Karimov, Shaxriyor Hamdamov, Shuhrat Shodiyev, Yevgeniy Agafonov, Obidjon Jo’raqulov, Farruh Oblaqulov (akademik eshkak eshish, M8+).

To’rtinchi kungi bellashuvlardan so’ng delegatsiyamiz 3 ta oltin, 7 ta kumush va 17 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida Rossiya, Belarus, Xitoy va Erondan so’ng beshinchi o’rinda ketmoqda.

Text to speech