16 Iyun 2024 857

Parij-2024 arenalari: Fransiyada kattaligi jihatdan ikkinchi oʻrinda turuvchi “Velodrom” stadioni

Bugun Sizlar bilan futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining chorak finaldagi oʻyiniga mezbonlik qilishi mumkin boʻlgan yana bir stadion haqida gaplashamiz. Tanishing, Marsel shahridagi “Velodrom” stadioni.

Majmua 1937-yil barpo etilgan. Bugungi kungacha bir necha bor rekonstruksiya qilinib, 2014-yil hozirgi qiyofasiga kelgan. Stadion tarixda 1938 va 1998-yilgi jahon chempionatlari, Yevro-1984 va Yevro-2016 oʻyinlari, 2007 va 2023-yilgi regbi boʻyicha jahon chempionatlari va boshqa koʻplab musobaqalarni qabul qilgan. Fransiyada kattaligi jihatdan ikkinchi oʻrinda turadigan stadion bugungi kunda 67 mingdan ortiq muxlisni sigʻdira oladi. Ushbu obyekt ham oʻz tarixida jahon estradasining koʻplab yulduzlarining konsertiga mezbonlik qilgan. Arena “Olimpik Marsel” futbol klubining uy oʻyingohi hisoblanadi.

Tezyurar poyezdda Parij-Marsel yoʻnalishida manzilga 3 soat 10 daqiqada yetib olish mumkin. Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida stadion 10 ta oʻyinga mezbonlik qiladi. Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallagan taqdirda chorak final oʻyinini aynan mana shu arenada “D” guruhining ikkinchi oʻrin egasiga qarshi oʻtkazadi.

Text to speech