14 Iyun 2024 615

Kamondan otish boʻyicha yakuniy litsenzion turnir start oldi

Turkiyaning Antalya shahrida kamondan otish boʻyicha Parij-2024 jahon litsenzion turniri boshlandi. Dasturga koʻra, bugun ayollar, ertaga erkaklar oʻrtasida jamoaviy yoʻnalishda gʻolib va sovrindorlar hamda boʻlajak Olimpiada ishtirokchilari aniq boʻladi.

Ayni paytda sportchilar yakka tartibda saralash bosqichida oʻq uzishmoqda. Har bir jamoa aʼzolarining toʻplagan ballariga qarab pley-off bosqichining qurʼasi shakllantiriladi va medallar uchun kurash davom ettiriladi. Eslatib oʻtamiz, bugungi bahslarda Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva hamda Jasmina Nurmanova yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda.

Text to speech