FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
14 Iyun 2024 2631

“CAMC Engineering” kompaniyasining Bosh direktori bilan Olimpiya shaharchasidagi qurilish jarayoni muhokama qilindi

Ayni kunlarda Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi Bosh direktori Li Xaysin Toshkentda mehmon boʻlib turibdi. Bugun Sport vazirligida Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlari uchun barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasining bugungi holati va kelgusida kompleksdan samarali foydalanish masalasiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishni vazir Adham Ikramov olib bordi. Unda, shuningdek, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda olib borayotgan bunyodkorlik ishlarining bugungi holati va qoʻshimcha quriladigan yana ikkita bino (tibbiyot markazi va 400 oʻrinli mehmonxona)ning loyihasi batafsil muhokama qilindi. Adham Ikramov kompleksning barpo etilishini davlatimiz har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotgani, qurilish ishlari uzliksiz olib borilishi uchun barcha sharoit yaratib berilayotganini taʼkidladi. Janob Li hamkorlik Xitoy kompaniyasi uchun ham manfaatli boʻlayotgani, kelgusida ham qator loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan mamnun boʻlishini bildirdi.

Yigʻilish doirasida Oybek Kasimov musobaqani oʻtkazish direksiyasining tashkiliy tuzilmasi va uning faoliyati haqida taqdimot oʻtkazdi. Suhbat davomida qurilish ishlarini jadallashtirish, barpo etilayotgan qoʻshimcha binolar va tashrif buyuruvchilar uchun koʻngilochar maydonlarining loyihasini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha tavsiyalar berildi.

Text to speech