14 Iyun 2024 368

Delegatsiyamiz BRIKS oʻyinlarini oltita medal bilan boshladi

Rossiyaning Qozon shahrida start olgan VI BRIKS oʻyinlarining birinchi kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Hamyurtlarimiz kun davomida 1 tadan oltin va kumush, 4 ta bronza, jami 6 ta medal jamgʻarishga muvaffaq boʻlishdi. Shohsupaga koʻtarilgan sportchilarimiz:

 Oltin medal:
Ubaydullo Moʻminov (sambo, -71 kg)

 Kumush medal:
Sardor Olimjonov (sambo, -64 kg)

 Bronza medal:
Diana Onkes (sinxron suzish, texnik solo)
Ilhom Parmonov (sambo, -58 kg)
Shuhrat Normurodov (sambo, -79 kg)
Mushtariy Jarkova (sambo, -59 kg)

Birinchi kundan soʻng delegatsiyamiz Rossiya, Belarus va Xitoy jamoalaridan keyin toʻrtinchi oʻrinda ketmoqda.

Text to speech