13 Iyun 2024
769
Toshkentda dzyudo boʻyicha yana bir jahon chempionati oʻtkaziladi
Toshkent joriy yil yana bir muhim musobaqaga mezbonlik qiladi. 14-20-oktyabr kunlari poytaxtimizda dzyudo boʻyicha harbiylar oʻrtasidagi 42-jahon chempionatini tashkil etiladi.
Boʻlajak dunyo birinchiligida 5 qitʼaning eng kuchli harbiy dzyudochilari raqobatlashadi. Bugun Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida Xalqaro harbiylar sporti kengashi (CISM) va Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan mazkur musobaqaning tashkiliy ishlariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazilib, tayyorgarlik boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
Maʼlumot uchun, 2023-yil Dominikan Respublikasida tashkil etilgan harbiylar o’rtasidagi jahon chempionatida dzyudochilarimiz 2 tadan oltin va kumush medallarga egalik qilishgan edi.