13 Iyun 2024 744

BRIKS oʻyinlarida dastlabki medalimiz qoʻlga kiritildi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Qozon shahrida start olgan BRIKS oʻyinlarining ilk kunidayoq dastlabki medalini qoʻlga kiritdi. Unga sinxron suzuvchimiz Diana Onkes mualliflik qildi.

Hamyurtimiz texnik solo dasturida bronza medali sohibiga aylandi. Mazkur yoʻnalishda oltin medal rossiyalik uch karra Olimpiada chempioni Svetlana Kolesnichenkoga nasib etgan boʻlsa, belaruslik jahon chempionati sovrindori Vasilina Xondoshko shohsupaning ikkinchi pogʻonasiga koʻtarilgan.

1. Svetlana Kolesnichenko (Rossiya) 
2. Vasilina Xondoshko (Belarus) 
3. Diana Onkes (O'zbekiston)

Text to speech