17 Iyun 2021 2193

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Aziz Abduhakimovni qutlaydi!

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri, taniqli davlat arbobi Aziz Abduhakimov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov 1974-yil 17-iyun kuni Toshkentda dunyoga kelgan. Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida bakalavr, Yaponiyaning Xitotsubasi universitetida magistr darajasini tamomlagan.

Aziz Abduhakimov faoliyati davomida mamlakatimizning imijini nafaqat iqtisodiyot, balki sport sohasida ham rivojlantirish yo‘lida sidqidildan ishlab kelmoqda. Aziz Abduqahhorovich bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston badminton va O‘zbekiston shaxmat federatsiyalarining raisi ham hisoblanadi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri sifatida Yangi O‘zbekistonimizning yana-da gullab-yashnashi uchun mehnat qilmoqdalar.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Aziz Abduhakimovni tavallud kuni bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan yutuqlar tilab qoladi.

Text to speech