Parij-2024 arenalari: Shatoru milliy oʻq otish markazi
Oʻq otish sportiga qiziqadigan muxlislar ushbu materialga befarq boʻlmasliklarini taxmin qilish mumkin. Bugun Parijdan qariyb 270 km janubda Shatoru okrugida joylashgan milliy oʻq otish markazi diqqatimiz markazida boʻladi.
Qurilishiga 2016-yilning 31-mart kuni tamal toshi qoʻyilgan oʻq otish markazi 2018-yil foydalanishga topshirildi. Inshoot oʻzining qulay infratuzilmasi bilan nafaqat Yevropa, balki jahondagi eng yaxshi markazlardan hisoblanadi. 2022-yil Olimpiya oʻyinlari uchun qoʻshimcha mashgʻulot zali ham barpo etilgan. Boʻlajak musobaqa mobaynida oʻq otish sportining barcha yoʻnalishlari boʻyicha 340 nafar atlet 15 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib boradi.
Kompleksda 3 000 muxlis bellashuvlarni bevosita kuzatib bora oladi. Shatoruga Parijdan tezyurar poyezdda 2 soat 15 daqiqada yetib olish mumkin.