13 Iyun 2024 540

BRIKS o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Rossiyaning Qozon shahrida VI BRIKS oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir Qozon shahridagi Xalqaro ekspomarkazida tashkil etildi. Marosimda Oʻzbekiston delegatsiyasining bayroqdori akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo oʻyinlarining oltin va kumush medallari sohibi Alisher Turdiyev boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, jami 90 jamoa ishtirok etayotgan mazkur nufuzli musobaqada Oʻzbekiston delegatsiyasi 23 sport turida 249 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda. Hamyurtlarimiz bugundan medallar uchun kurashni boshlashadi.

Text to speech