12 Iyun 2024 699

Alise Faxrutdinova va Samira Abzalova dunyo birinchiligidagi ishtiroklarini tugatishdi

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Xitoyning Chjenchjou shahrida zamonaviy beshkurash boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Unda qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Alise Faxrutdinova hamda Samira Abzalova ishtiroklarini tugatishdi.

Yurtdoshlarimiz estafeta yoʻnalishidagi chiqishlarini yakunlay olishmadi. Yakkalik dasturining saralash bahslarida Faxrutdinova 1052, Abzalova esa 1039 ochko jamgʻarishga erishdi. Afsuski, bu atletlarimizga keyingi bosqichga yoʻl olish uchun kamlik qildi. Shunday boʻlsa ham, Parij-2024 litsenziati A.Faxrutdinova boʻlajak Olimpiada oldidan oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazib oldi.

Text to speech