12 Iyun 2024 812

Parij-2024 arenalari: Olimpiada uchun qurilgan “Ver-syur-Marn” majmuasi

4 yillikning eng nufuzli musobaqasi oʻtkaziladigan inshootlar bilan tanishtirishda davom etamiz. Navbat eshkak eshish turlari boʻyicha bellashuvlarni qabul qiladigan arenalarga ham yetib keldi. Bir necha yil avval Olimpiada uchun qurilgan “Ver-syur-Marn” inshooti haqida gaplashamiz.

“Ver-syur-Marn” kompleksi 2019-yilda foydalanishga topshirilgan va bu mahalliy eshkak eshuvchilar uchun chinakam sovgʻaga aylandi. Boisi mazkur loyiha sportchilar uchun sharoitlarning qulayligi jihatidan jahonda yetakchilardan hisoblanadi. U “Auer Weber Assoziierte” nemis kompaniyasi tomonidan qurib bitkazilgan. Kompleksning umumiy hajmi 4 400 kvadrat metrni tashkil etib, slalom, baydarka va kanoe, akademik eshkak eshish yoʻnalishlari uchun 2 tadan trassa, shuningdek, tibbiyot boʻlimi, media-markaz va koʻplab boshqa majmualarni oʻzida jamlagan.

Boʻlajak Olimpiya oʻyinlarida inshoot baydarka va kanoe, akademik va slalomda eshkak eshish boʻyicha bahslarni qabul qiladi. Atletlarning chiqishlarini baydarka va kanoe, akademik eshkak eshish dasturlarida 24 000, slalom bahslarida 12 000 tomoshabin kuzatishi mumkin. Olimpiya shaharchasidan 22 km uzoqlikda joylashgan

Text to speech