16 Iyun 2021 2134

Charos Qayumova-Osiyo chempioni! O'zbekiston terma jamoasi hisobiga yana uchta bronza medalini qo'shdi

Livanda taekvondo bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugungi dastur doirasida to'rt nafar vakillarimiz kurashga chiqdilar.

Charos Qayumova (-53 kg) barcha raqiblarini yengib, Osiyo chempioni bo'lishga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek, Jasur Jaysunov (-68 kg), Shohsanam A'zamova (-46 kg) va Shuhrat Salayev (-80 kg) bronza medallarini qo'lga kiritdi.

 

Osiyo chempionati 1-kuni sovrindorlari:

Oltin: Charos Qayumova

Bronza: Jasurbek Jaysunov

Bronza: Shohsanam A'zamova

Bronza: Shuhrat Salaev

Eslatib o'tamiz, ertaga, 17-iyun kuni Osiyo chempionati doirasida taekvondchilarimizning chiqishlari ham bo'lib o'tadi.

Text to speech