FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Iyun 2024 2312

BRIKS oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasiga omad tilaymiz!

12-23-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida VI BRIKS oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Bugun mazkur musobaqada ishtirok etadigan Oʻzbekiston delegatsiyasi Qozon shahriga joʻnab ketdi. Sportchi va murabbiylarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov kuzatib qoʻydi.

Boʻlajak musobaqada sportning 30 turi boʻyicha bellashuvlar boʻlib oʻtadi. Unda delegatsiyamiz 23 sport turida 249 nafar atlet bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Ertadan sportchilar medallar uchun kurashni boshlashadi. Musobaqada Rossiyaning avtonom hududlari va dunyoning turli chekkalaridan tashrif buyuradigan 90 jamoa gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Boʻlajak oʻyinlardan yurtdoshlarimiz ulkan muvaffaqiyatlar bilan vatanimizga qaytib kelishini tilab qolamiz.

Text to speech