FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Iyun 2024 2505

Kamonchilarimizning so‘nggi litsenzion turnirdagi tarkibi aniq

14-17-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida kamondan otish boʻyicha Parij-2024 jahon litsenzion turniri boʻlib oʻtadi. Taʼkidlash joiz, bu mazkur sport turida Olimpiada yoʻllanmalari oʻynaladigan soʻnggi start hisoblanadi. Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi unda ishtirok etadigan merganlarimiz nomini eʼlon qildi. Unga koʻra, jamoaviy va yakkalik dasturlaridagi yoʻllanmalar oʻynaladigan musobaqada hamyurtlarimiz quyidagi tarkibda ishtirok etishadi:

Erkaklar: Amirxon Sodiqov, Shohjahon Abdulhamidov, Yao Yuy Chen;

Ayollar: Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva, Jasmina Nurmanova.

Eslatib oʻtamiz, terma jamoamiz tarkibida Ziyodaxon Abdusattorova Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali oʻzbek sporti tarixida birinchi bor yakkalik dasturida yoʻllanma qoʻlga kiritib ulgurgan.

Text to speech