9 Iyun 2024
463
Yengil atletikachilarimiz uloqtirish turlari bo’yicha qit’a chempionatida qatnashishadi
14-15-iyun kunlari Janubiy Koreyaning Mokpxo shahrida yengil atletikaning uloqtirish yo‘nalishlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishadi.
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, hamyurtlarimiz turnirda quyidagi dasturlarda qatnashishadi:
– Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish);
– Zarina Nosirjonova (bosqon uloqtirish);
– Elina Silyamiyeva (bosqon uloqtirish);
– Suhrob Xodjayev (bosqon uloqtirish);
– Dunyozod Sayfullayev (disk uloqtirish).
Dasturga ko‘ra, barcha yurtdoshlarimizning chiqishi 14-iyun sanasiga to‘g‘ri keladi.