16 Iyun 2021 1508

Ilk bor Qoraqalpog‘istonda boks bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi

20-27 iyun kunlari Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkaziladi. Mazkur musobaqa mezbonligini Nukusga topshirish orqali yurtimizda sevimli sport turlaridan biri bo‘lgan boksni yana-da targ‘ib qilish, chekka hududlarga ham ushbu sport turi bo‘yicha yirik musobaqalar havosini olib kirish ko‘zda tutilgan.

Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan 300 nafardan ortiq sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi. Qayd etish lozimki, bunday musobaqa Nukus shahrida ilk marotaba o‘tkazilmoqda. Bahslar 2003-2004-yillarda tug‘ilgan bokschilar o‘rtasida tashkil etiladi.

Text to speech