7 Iyun 2024 670

Parij-2024 arenalari: Sport gimnastikasi, trampolin va basketbol boʻyicha Olimpiada chempionlarini aniqlab beradigan “Bercy arena”

4 yillikning eng nufuzli musobaqalari oʻtkaziladigan inshootlar bilan tanishtirishda davom etamiz. Bugun Parijning eng mashhur sport obyektlaridan biri “Bercy arena” haqida maʼlumot beramiz.

Inshoot 1984-yil qurilgan boʻlib, sport va madaniy tadbirlarni qabul qiladigan Parijdagi eng mashhur arenalardan biri hisoblanadi. Sigʻimi konsert dasturlarida 20 300, sport musobaqalarida esa bahslarga qarab 11 000 dan 16 000 gacha tomoshabinga moʻljallanadi. Mazkur majmua “Accor arena” nomi bilan ham mashhur. Shu paytgacha yengil atletika, xokkey, basketbol, gandbol, boks, kibersport boʻyicha turli darajadagi musobaqalarga mezbonlik qilgan. Shuningdek, bu yerda har yili anʼanaviy tarzda tennis boʻyicha Parij “Masters”, dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqalari ham oʻtkaziladi.

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari mobaynida sport gimnastikasi va trampolin, qolaversa, basketbol boʻyicha hal qiluvchi bahslar aynan ushbu arenada tashkil etiladi. Mazkur musobaqalarda 15 000 muxlis jahon sporti yulduzlarining chiqishini bevosita kuzatib borishlari mumkin. Olimpiya shaharchasidan 15 km uzoqlikda joylashgan.

Text to speech