FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
6 Iyun 2024 2438

Velosportchilarimiz Osiyo chempionatini kumush medallar bilan boshlashdi

Bugun Qozogʻistonning Almati shahrida veloshosse boʻyicha kattalar va oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati start olgani haqida maʼlum qilgan edik. Ahamiyatlisi, musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush medalga sazovor boʻldi.

Mazkur medallar mikst-estafeta dasturida qoʻlga kiritildi. Kattalar toifasidagi poygada Murodjon Xolmurodov, Daniil Yevdokimov, Begzod Rahimboyev, Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova hamda Margarita Misyurina yurtimiz sharafini himoya qilishdi.

Shuningdek, oʻsmirlarimiz ham poygada muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ikkinchi natijani qayd etgan Alimardon Jamoliddinov, Muhriddin Safarov, Samandar Umirov, Samira Ismoilova, Viktoriya Polzunovadan iborat jamoamiz kumush medalga sazovor boʻldi.

40 km, kattalar:
1. Qozogʻiston – 51:08.55
2. Oʻzbekiston – 52:38.9
3. Gonkong – 53:15.37

32 km, oʻsmirlar:
1. Qozogʻiston – 41:27.7
2. Oʻzbekiston – 42:51.8
3. Tailand – 43:26.8

Text to speech