16 Iyun 2021
1998
Delegatsiyamiz vakillarini emlash davom etmoqda
Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan delegatsiyamiz vakillarini koronavirusga qarshi emlash jarayoni davom etmoqda.
Kelishilgan reja bo‘yicha har kuni turli federatsiya va assotsiatsiyalar vakillari MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga kelishmoqda. Ulardan qon tahlillari olinib, organizmning emlashga qanchalik tayyorligi ko‘rib chiqilmoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirgacha 58 nafar delegatsiya vakillari 2-bosqich emlash jarayonini o‘tab bo‘lishdi. 1-bosqich bo‘yicha bu ko‘rsatkich 224 nafar kishini tashkil etmoqda.