5 Iyun 2024 639

Parij-2024 arenalari: Bokschilarimiz saralash janglarini oʻtkazadigan “Pari-Nord Vilpent”

Har bir Olimpiya oʻyinlarida bokschilarimizning ishtiroki katta qiziqish va hayajon bilan kuzatib boriladi. Mazkur loyihamiz davomida koʻplab muxlislarda boks bahslari oʻtkaziladigan arena bilan tanishish ishtiyoqi kuchayib borayotgan boʻlsa ajab emas. Bugun aynan shu masalaga oydinlik kiritib olishga imkoniyat boʻladi.

“Pari-Nord Vilpent” Parij shimolida joylashgan yirik koʻrgazma markazlaridan biri hisoblanadi. Umumiy maydoni 115 gektar yoki 246 000 kvadrat metrni tashkil etadi. Markaz 1982-yil foydalanishga topshirilgan. Ortda qolgan davr mobaynida 400 dan ortiq turli yoʻnalishlardagi koʻrgazmalarga mezbonlik qilgan.

Majmua Olimpiya shaharchasidan 25 km uzoqlikda joylashgan. Bu yerda Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan boks bahslarining saralash janglari hamda zamonaviy beshkurash sportining qilichbozlik bellashuvlari oʻtkaziladi. Ushbu musobaqalarni kuzatib borish uchun arenaga 6 000 muxlis tashrif buyurishi mumkin.

Text to speech