FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
4 Iyun 2024 2350

Anvar Anvarov bu gal Chexiyada shohsupaga ko‘tarildi

Chexiyaning Praga shahrida yengil atletika boʻyicha “Josef Odlozil Memorial” xalqaro turniri boʻlib oʻtdi. Yevropa bo'ylab musobaqalarda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Anvarov Butunjahon yengil atletika federatsiyasining bronza darajasidagi ushbu startda kumush medalga sazovor boʻldi.

Uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan Anvarov 7,92 metr natija qayd etishga muvaffaq boʻldi. Ahamiyatlisi, gʻoliblikka erishgan 18 yoshli chexiyalik Petr Meyndlshmid ham xuddi shunday natija koʻrsatgan. Biroq urinishlar holatiga koʻra mezbon atlet oltin medalga ega chiqdi.

1. Petr Meyndlshmid (Chexiya) – 7,92 metr
2. Anvar Anvarov (Oʻzbekiston) – 7,92
3. Rusval Samaai (JAR) – 7,75

Text to speech