FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Iyun 2024 2741

Harbiy taekvondochilarimiz jahon chempionatida tengsiz bo‘lishdi!

1-3-iyun kunlari Janubiy Koreyaning Mungyong shahrida taekvondo WT bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempionati o’tkazildi. 20 dan ortiq mamlakatdan 300 nafar sportchi qatnashgan musobaqada O’zbekiston terma jamoasi yuqori natijani qayd etdi. Murosasiz bahslar yakunida hamyurtlarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 12 ta medal jamg’arishdi. Bu natija orqali yigitlarimiz ham, qizlarimiz ham umumjamoa hisobida birinchi bo’lishdi. G’olib va sovrindorlar:

Oltin:
-68 kg: Ulug‘bek Rashitov
-80 kg: Jasur Jaysunov
-87 kg: Shuhrat Salayev
+87 kg: Nikita Rafalovich
-62 kg: Feruza Sodiqova
-73 kg: Gulsanam Alijonova

Kumush:
-57 kg: Madina Mirabzalova
+73 kg: Svetlana Osipova

Bronza:
-46 kg: Samira Adashaliyeva
-49 kg: Zuxra Tojimatova
-53 kg: Marjona Primova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova

O’zbekiston MOQ ushbu natija bilan mamlakat taekvondo assotsiatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni samimiy qutlaydi.

Text to speech