FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Iyun 2024 2451

Parij-2024 arenalari: Olimpiya oʻyinlari uchun qurilgan “Port-de-la-Shapel” kompleksi

Parij shimolidagi moʻjaz “Port-de-la-Shapel” oʻyingohi boʻlajak Olimpiya oʻyinlari uchun yangi qurilgan inshoot hisoblanadi. Ikkinchi nomi “Adidas arena” boʻlib, joriy yilning fevral oyida foydalanishga topshirilgan. Rejaga koʻra, dastlab bu yerda Oʻyinlar doirasida basketbol boʻyicha bahslar oʻtkazilishi kerak boʻlgan edi. Keyinchalik reja badminton va badiiy gimnastika dasturlariga oʻzgarib ketdi.

Arena ekologik jihatdan mutlaqo xavfsiz. Bino sirtining katta qismi yashillikdan iborat. Majmuaga tashqaridan nazar tashlasangiz, arena atrofidagi bogʻlar bilan uygʻunlashib ketadi. Qurilish jarayonida tabiiy resurslardan koʻproq foydalanishga katta ahamiyat berilgan. Shu bois, obyektning asosi yogʻoch materiallar hisoblanadi. Arena sport musobaqalarida 8 000, konsert dasturlarida 9 000 tomoshabinni qabul qila oladi.

Taʼkidlanganidek, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari davomida dastlab badminton, soʻng badiiy gimnastika bahslari ushbu majmuada oʻtadi. Olimpiya shaharchasidan 2,5 km uzoqlikda joylashgan. Olimpiya oʻyinlari yakuniga yetgach, oʻyingoh “Parij” basketbol klubining uy arenasi boʻlib qoladi.

<iframe width="100%" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/cF4pmzqj5zg" title="Parij-2024 arenalari: Olimpiya oʻyinlari uchun qurilgan “Port-de-la-Shapel” kompleksi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech