3 Iyun 2024 695

Litsenziat kurashchilarimiz Olimpiadadan avval Vengriya turnirida ishtirok etishadi

6-9-iyun kunlari Vengriyada sport kurashlari bo‘yicha reyting seriyasiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tadi. Jahonning sara polvonlari qatnashadigan mazkur musobaqada hamyurtlarimiz erkin va ayollar kurashi dasturlarida o‘z omadlarini sinab ko‘rishdai. Turnir murabbiylar shtabiga Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari oldidan atletlarning holatini ko‘zdan kechirish imkoniyatini taqdim etadi. To‘liq tarkib quyidagicha:

Erkin kurash:
-57 kg: G‘ulomjon Abdullayev
-65 kg: Umidjon Jalolov
-74 kg: Bekzod Abdurahmonov
-74 kg: Razambek Jamalov
-86 kg: Bobur Islomov
-125 kg: Hasanboy Rahimov

Ayollar kurashi:
-50 kg: Aktenge Keunimjayeva
-53 kg: Sahibjamal Esbo‘sinova
-68 kg: Feruza Esenbayeva

Text to speech