16 Iyun 2021 3121

Fazliddin G'oibnazarovni tabriklaymiz!

Bugun mashhur o'zbek bokschisi, Olimpiya chempioni Fazliddin G'oibnazarov o'zining tug'ilgan kunini nishonlamoqda.

Fazliddin G'oibnazarov 1991-yil 16-iyunda Toshkent viloyatida tug'ilgan. Doha shahrida bo'lib o'tgan jahon chempionati va Bangkokda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati kumush medali sovrindori. "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi. Ayni paytda G'oibnazarov o'z faoliyatini professional boksda davom ettirmoqda.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Fazliddin G'oibnazarovni tug'ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar tilaydi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu