FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
1 Iyun 2024 2533

66 yoshli Xursand Sherov velosipedda Mo‘g‘ulistonga yo‘l oldi

Taniqli velosayyoh, sport faxriysi Xursand Sherov bugun yana yo‘lga otlandi. Bu galgi safar 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlandi. Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Xursand Sherovni kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Bahodir Maxsitov boshchiligidagi sport faxriylari, yosh sportchilar qatnashishdi. Bahodir Maxsitovich uzoq sayohatga yo‘l olayotgan X.Sherovning jasorati haqida gapirar ekan, uning tashabbusi yoshlarga o‘rnak bo‘lishini bildirdi. Shuningdek, oldinda turgan mashaqqatli safarda unga omad va kuch-quvvat tiladi.

Rejaga ko‘ra, Toshkentdan yo‘lga otlangan Xursand Sherovning safari Mo‘g‘ulistonda yakunlanadi. Hamyurtimiz ushbu manzilga Qozog‘iston va Rossiya davlatlari orqali borishi ko‘zda tutilgan.

Text to speech