FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
31 May 2024 2180

Parij-2024 arenalari: Eyfel minorasining yonginasida joylashgan “Gran-Pale-Efemer”

Parijning VII okrugida (Eyfel minorasining oldida) 3-yil muqaddam barpo etilgan “Gran-Pale-Efemer” majmuasi ham boʻlajak Olimpiya oʻyinlarini oʻzida qabul qiladigan inshootlardan hisoblanadi. Bugun Rim mifalogiyasidagi urush xudosi Mars nomiga berilgan maydonda qad rostlagan ushbu arena haqida soʻz boradi.

Mars maydoni Parijning qoq markazida joylashgan, muntazam turistlar oqimi bilan toʻlib turadigan manzillardan biri hisoblanadi. Mana shunday hududda 10 000 kvadrat metrni oʻz ichiga olgan “Gran-Pale-Efemer” soʻnggi yillarda jahon OAVning eʼtiborida boʻlib kelmoqda. Majmuadan koʻpincha koʻrgazmalar maydoni sifatida foydalanishadi. Tasviriy sanʼat va modalar shaydosi boʻlgan fransuzlar uchun bu tabiiy.

Bugungi kungacha ushbu inshootda har yili tashkil etiladigan “Hermes” zotdor otlar koʻrgazmasi, “Chanel” modalar namoyishi va Parij modalar haftaligi, shuningdek, koʻplab gala-konsert, kongress va badiiy koʻrgazmalar oʻtkazilgan.

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari davomida sport kurashlari va dzyudo bahslariga aynan ushbu arena mezbonlik qiladi. Muxlislar uchun 9 000 oʻrindiqli tribuna tayyorlanadi. Olimpiya shaharchasi bilan orasidagi masofa esa 11 kmni tashkil etadi.

<iframe width="100%" height="425" src="https://www.youtube.com/embed/J6R5P016Qtc" title="Parij-2024 arenalari: Eyfel minorasining yonginasida joylashgan “Gran-Pale-Efemer”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech