FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
26 May 2024 2113

Akbar Joʻrayev va Rigina Adashbayeva Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga ega chiqishdi

Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi Olimpiya sikli yakunlariga ko’ra Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan sportchilar roʻyxatini eʼlon qildi. Quvonarlisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Akbar Joʻrayev hamda Rigina Adashbayeva musobaqa ishtirokchilari qatoridan joy olishdi.

Unga koʻra, Joʻrayev -102 kg, Adashbayeva esa -81 kg vazn toifasidagi bahslarda Olimpiada medallari uchun kurash olib borishadi. Saralash davri davomida Tokio-2020 chempioni Joʻrayev 400 kg, Adashbayeva esa 243 kg natija qayd etishga muvaffaq boʻlgan. Boʻlajak musobaqada har ikki atletimizga omad tilab qolamiz!

Text to speech