FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
29 May 2024 2671

Parij-2024 arenalari: Oʻyinlarning bosh stadioni “Stad de Frans”

Olympic.uz da navbatdagi loyiha! XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari kun sari yaqinlashib kelmoqda. Bugundan musobaqalar oʻtkaziladigan obyektlar haqidagi maʼlumotlarni berib boramiz. Bu boradagi dastlabki arena Fransiya poytaxtining shimoliy qismidagi Sen-Deni komunasida joylashgan “Stad de Frans” boʻladi. Ushbu inshoot oʻyinlar davomida regbi-7, yengil atletika bahslari va tantanali yopilish marosimiga mezbonlik qiladi. Olimpiya shaharchasi bilan orasidagi masofa 2 kmni tashkil etadi.

“Stad de Frans” 1998-yil Fransiya mezbonlik qilgan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun qurilgan. Musobaqa davomida stadion jami 9 ta oʻyin, shu jumladan, final bahsini ham qabul qilgan. Shuningdek, 2000, 2006 va 2022-yilgi Yevropa chempionlar ligasining finali ham aynan ushbu stadionda oʻtgan. Qolaversa, arena Selin Dion, David Getta, Madonna, Rianna, Eminem, Beyonse va boshqa koʻplab Siz bilgan jahon estrada yulduzlarining konsertlariga mezbonlik qilgan.

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari davomida regbi-7 bahslarida 80 ming, yengil atletika bellashuvlarida esa 74 ming muxlis musobaqani bevosita ushbu stadiondan kuzatib borishi mumkin boʻladi.

Text to speech