FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
27 May 2024 4039

Parij-2024 litsenziatlari: Faoliyatini yengil atletikadan boshlab, og’ir atletikadan Olimpiada yo’llanmasiga ega chiqqan Rigina Adashbayeva

Katta sportga yengil atletika orqali qadam qo’ygan Rigina Adashbayeva Tokio-2020 yozgi Olimpiya o’yinlariga saralash davrida bosqon uloqtirish bo’yicha shug’ullanib, qator musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilib kelgan. Keyinchalik o’zini og’ir atletikada sinab ko’rgan Rigina mazkur yo’nalishda yanada kattaroq natijalarni qo’lga kiritishini angladi va amalda buni ko’rsatib kelmoqda.

Adashbayeva Rigina Nodir qizi 2001-yil 29-oktyabr kuni dunyoga kelgan. 2020-yildan O’zbekiston terma jamoasi a’zosi. Murabbiyi Nurillo Tog’ayev. Musobaqalarda -81 va -87 kg vazn toifalarida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Rigina Osiyo chempionatlarida 4 ta kumush va 2 ta bronza, Konya-2021 Islom birdamligi o’yinlarida bronza va Belarusda o’tgan II MDH o’yinlarida kumush medal bilan taqdirlangan.

Adashbayeva Xalqaro og’ir atletika federatsiyasi (IWF) tomonidan e’lon qilingan Olimpiada reytingi yakuniga ko’ra, -81 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari yo’llanmasini qo’lga kiritgan.

<iframe width="100%" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/K2rd0_eBPw0" title="Parij-2024 litsenziatlari: Og’ir atletikadan Olimpiada yo’llanmasiga ega chiqqan Rigina Adashbayeva" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech