15 Iyun 2021 2109

Tongni velosayr bilan qarshi olamiz

Ayni kunlarda mamlakatimizda bo‘lib turgan Osiyo velosport konfederatsiyasi (AСС) Prezidenti Osama Ahmad Al-Shaffar bugun erta tongdan poytaxtimiz ko‘chalari bo‘ylab velosayrga chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov va O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi bosh kotibi Kozim O‘rinboyxo‘jayev mehmonga hamrohlik qilishdi. Shuningdek, tadbirda velosportchilar, madaniyat va sanʼat vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ham tonggi velosayrda ishtirok etdi.

“Tashkent – bike city” shiori ostida tashkil etilgan velosayr ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Mazkur tadbir nafaqat yurtimizda velosportni ommalashtirish, balki sayyohlik salohiyatini namoyish etish uchun qulay imkoniyat bo‘ldi. Bu borada mutasaddilar sayr davomida batafsil fikr almashishdi.

Martabali mehmon kun davomida Turizm va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasida ham bo‘ldi.

Text to speech