26 May 2024 1832

Parij-2024 litsenziatlari: Osiyo chempioni Sitora Turdibekova

Boks bo’yicha O’zbekiston ayollar terma jamoasi Olimpiya o’yinlariga qo’lga kiritilgan yo’llanmar (3 ta) bo’yicha o’z rekordini takrorladi. Ayni paytda Tailandda o’tayotgan jahon litsenzion turniri orqali bu ko’rsatkichni yanada yaxshilash mumkin. Bugun Fransiya poytaxtida -57 kg vazn toifasidagi bahslarda qatnashadigan Sitora Turdibekova haqida hikoya qilamiz.

Turdibekova Sitora Shavkat qizi 2002-yil 20-may kuni Samarqand viloyati Bulung’ur tumanida tavallud topgan. 2019-yildan milliy terma jamoa a’zosi. Murabbiyi Sharif Narziqulov. Turdibekova 2021-yil kattalar o’rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo’lga kiritgan. 2022-yil Toshkentda o’tgan U22 qit’a birinchiligida bronza, 2023-yil Bangkok mezdonlik qilgan ayni shu toifadagi chempionatda esa kumush medal sohibiga aylangan. Ko’rsatgan natijalari evaziga “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Turdibekova Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o’yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -57 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari yo’llanmasiga sazovor bo’lgan.

Text to speech