FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
25 May 2024 2062

Kamonchimiz Yechxondagi Jahon kubogi bosqichida Olimpiada chempionini mag’lub etdi

Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaning Yechxon shahrida tashkil etilayotgan Jahon kubogi bosqichidagi ishtirokini yakunladi. Afsuski, unda hamyurtlarimiz shohsupaga koʻtarila olmagan boʻlsalarda, Amirxon Sodiqovning yakkalik dasturidagi ishtiroki koʻplab mutaxassislar nazariga tushdi.

Hamyurtimiz ikkinchi davrada Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni turkiyalik Mete Gazozni magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Uchinchi bosqichda fransiyalik nomdor sportchi Baptist Addisga bilan bellashgan Sodiqov qoʻshimcha oʻq uzishlarda imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Jamoamiz endi 3-8-iyun kunlari Suvon shahrida oʻtadigan Osiyo kubogiga hozirlik koʻradi. Qayd etish joiz, mazkur musobaqalar merganlarimiz uchun kelasi oy Turkiyada oʻtadigan Parij-2024 ning soʻnggi litsenzion turniriga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Text to speech