25 May 2024 566

Gimnastikachi qizlarimiz jamoaviy dasturda bronza medaliga ega chiqishdi

Toshkentda sport gimnastikasi boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionati start olgani haqida maʼlum qilgan edik. Musobaqaning ilk kunida hamyurtlarimiz kattalar oʻrtasidagi jamoaviy dasturda bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

Bahslar davomida Dildora Aripova, Lobar Amrullayeva, Aleksandra Shevchenko hamda Odinaxon Robijonova yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Oltin medal Xitoy jamoasiga nasib etgan boʻlsa, KXDR vakillari shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy oldilar.

Qayd etish joiz, ortda qolgan kun yakkalik yoʻnalishida oʻynalgan Parij-2024 litsenziyasi filippinlik Emma Malabuyoga nasib etdi.

Text to speech