15 Iyun 2021 2175

Nilufar Zokirovani tabriklaymiz!

Bugun kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Nilufar Zokirova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

Nilufar Obidjon qizi Zokirova 1997-yil 15-iyun kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 2018 yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida kanoeda eshkak eshish bo‘yicha juftlik bahslarida Dilnoza Rahmatova bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

2019-yil avgustda Vengriyaning Seged shahrida o‘tgan jahon chempionatida 200 metr masofada kechgan juftlik bahslarida Dilnoza Rahmatova bilan bronza medaliga ega chiqdi. Ayni shu jahon chempionatida 500 metr masofaga kechgan juftlik bahsida esa marraga beshinchi bo‘lib yetib keldi va Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma oldi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Nilufar Zokirovani bugungi ayyom bilan muborakbod etib, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech