FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
24 May 2024 2125

Dzyudochilarimiz BAAdagi jahon chempionatini ikkita medal bilan yakunlashdi

BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha jahon chempionati nihoyasiga yetdi. Unda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqani ikkita medal bilan yakunladi.

Bugun aralash jamoaviy dasturda qatnashgan sportchilarimiz uchinchi oʻrin uchun bahsda Italiyaga imkoniyatni boy berishdi. Shu tariqa, musobaqa hamyurtlarimiz uchun Diyora Keldiyorovaning (-52 kg) kumush va Alisher Yusupovning (+100 kg) bronza medali bilan nihoyasiga yetdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu natija bilan sportchi va murabbiylarimizni, mamlakat dzyudo federatsiyasini qutlab, jamoamizga Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ulkan muvaffaqiyat tilaydi.

Text to speech