FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
24 May 2024 2371

Toshkentda sport gimnastikasi bo’yicha ayollar o’rtasidagi Parij-2024 litsenzion Osiyo chempionati boshlandi

Gimnastika muxlislarining nigohi yana Toshkentda. Bugundan poytaxtimizda sport gimnastikasi boʻyicha ayollar oʻrtasida yoshlar va kattalar toifasidagi Osiyo chempionati boshlandi. Unda kattalar oʻrtasidagi koʻpkurash dasturida eng yuqori ball toʻplagan atlet Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisiga aylanadi. Ahamiyatlisi, bu osiyolik gimnastikachilarga Olimpiada yoʻllanmalarini qoʻlga kiritish uchun soʻnggi imkoniyat.

Kattalar oʻrtasidagi bahslarda 14 mamlakatdan 50 nafar, yoshlar toifasida esa 15 davlatdan 49 gimnast gʻoliblik uchun kurash olib borishadi. Maʼlumki, ushbu musobaqaga hamyurtimiz Oksana Chusovitina ham qizgʻin hozirlik olib borayotgan edi. Biroq u 2 kun muqaddam mashgʻulotda olgan jarohati bois startga chiqa olmaydigan boʻldi. Murabbiylar shtabi bellashuvlarda Dildora Aripova, Lobar Amrullayeva, Odina Robijonova va Aleksandra Shevchenko, yoshlarimizdan Milana Gaynulina hamda Jasmina Toshkenbekovaga ishonch bildirdi.

Text to speech