Yengil atletikachilarimiz G.Arzumanov xalqaro xotira turnirida 40 ta medal qoʻlga kiritishdi
Toshkent mezbonlik qilgan yengil atletika boʻyicha G.Arzumanov xalqaro xotira turniri nihoyasiga yetdi. 13 davlatdan 194 nafar sportchi qatnashgan musobaqada hamyurtlarimiz 12 ta oltin, 11 ta kumush va 17 ta bronza medallarini jamgʻarishga muvaffaq boʻlishdi. Kutilganidek, bellashuvlarda Shohruh Davlatov, Elina Silyameva, Sharifa Davronova, Suhrob Xodjayev, Ivan Denisov kabi atletlarimiz yuqori natija qayd etishdi. Shohsupaga koʻtarilgan hamyurtlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
Abbos Toshtemirov (400 metr)
Jonbibi Hukmova (800 metr)
Shohruh Davlatov (10 000 metr)
Ergash Normurodov (110 metr, toʻsiqlar osha)
Lidiya Podsepkina (100 metr, toʻsiqlar osha)
Azizjon Sobirov (uzunlikka sakrash)
Ivan Denisov (uch hatlab sakrash)
Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)
Amir Nagayev (balandlikka sakrash)
Aleksandra Sharkayeva (balandlikka sakrash)
Suhrob Xodjayev (bosqon uloqtirish)
Elina Silyameva (bosqon uloqtirish)
Kumush medal:
Laylo Allaberganova (200 metr)
Akromjon Aliyev (400 metr)
Irina Levina (800 metr)
Hasan Mirsoatov (1500 metr)
Yekaterina Tunguskova (5000 metr)
Dilshoda Usmonova (3000 metr, stipl-chez)
Roksana Xudoyorova (uch hatlab sakrash)
Vadim Chikalov (balandlikka sakrash)
Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash)
Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish)
Zarina Nosirjonova (bosqon uloqtirish)
Bronza medal:
Veronika Loginova (200 metr)
Dilshodbek Boboqulov (400 metr)
Darya Antropova (800 metr)
Viktor Surenko (1500 metr)
Bekzod Boymatov (10 000 metr)
Shohsanam Xurramova (5000 metr)
Mardonbek Sotiboldiyev (110 metr, toʻsiqlar osha)
Nurxon Ochilova (100 metr, toʻsiqlar osha)
Nodir Norboyev (uzunlikka sakrash)
Ibrohim Mahkamov (uch hatlab sakrash)
Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash)
Svetlana Radzivil (balandlikka sakrash)
Doston Rajabov (yadro uloqtirish)
Madina Nasriddinova (yadro uloqtirish)
Rashidbek Sodiqov (disk uloqtirish)
Umidjon Husanov (bosqon uloqtirish)
Darya Matveyenko (bosqon uloqtirish)