20 May 2024
359
Samarqandda o‘tgan triatlon bo‘yicha Jahon kubogi o‘z g‘oliblarini aniqladi
Samarqand mezbonlik qilgan triatlon va para-triatlon bo‘yicha Jahon kubogi o‘z yakuniga yetdi. Yurtimizda ilk bor o‘tkazilgan bunday nufuzdagi musobaqada dunyoning eng kuchli 100 nafar sportchisi g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Yakunda erkaklar o‘rtasidagi bahslarda britaniyalik Konnor Bentley, ayollar o‘rtasida esa germaniyalik Lena Mayner oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Batafsil:
Erkaklar:
1. Konnor Bentley (Buyuk Britaniya) – 1:14:51
2. Yanis Seguin (Fransiya) – 1:42:02
3. Yonas Shomburg (Germaniya) – 1:42:03
Ayollar:
1. Lena Mayner (Germaniya) – 1:52:49
2. Jessika Fullagar (Buyuk Britaniya) – 1:52:52
3. Tilda Mansson (Shvetsiya) – 1:53:09