FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
22 May 2024 2070

19-hukumatlararo yigʻilishning ilk kuni muvaffaqiyatli oʻtdi

Maʼlum qilganimizdek, shu kunlarda Toshkentda Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sport vazirliklarining 19-hukumatlararo yigʻilishi oʻtkazilmoqda. Bugun dastlabki kun dasturidan oʻrin olgan tadbirlar yakunlandi.

Yigʻilishni Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov olib bordi. Vazir oʻz nutqida mamlakatimiz sport sohasida erishayotgan yutuqlar, bunda halol sport tamoyiliga qaratilayotgan eʼtibor haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov ham soʻz olib, Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan sohada olib borilayotgan islohotlar, yangi rejalar xususida toʻxtaldi va diyorimizda ilk bor tashkil etilayotgan ushbu nufuzli tadbir ishtirokchilariga omad tiladi. Oʻz navbatida, WADA Prezidenti Vitold Banka ham Oʻzbekiston ushbu tadbirga yuqori saviyada tayyorgarlik koʻrgani, yurtimizdagi milliy antidoping agentligi xalqaro tashkilotning faol aʼzolaridan biriga aylanib borayotganini taʼkidladi.

Shundan soʻng kun tartibiga muvofiq spikerlar sohadagi dolzarb mavzular, erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar xususida taqdimot namoyish etishdi. Ular orasida Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov tashkilot faoliyati, xalqaro toifadagi doping ofitserlari yetishib chiqayotgani, xususan, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ilk bor oʻzbekistonlik mutaxassisning ushbu sohada faoliyat olib borishi xususida gapirib oʻtdi.

Yigʻilish ertaga oʻz ishini davom ettiradi.

Text to speech