FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
22 May 2024 2800

Parij-2024 litsenziatlari: Fargʻonalik gimnastikachimiz Habibullo Ergashev

2023-yil Antverpenda oʻtgan sport gimnastikasi boʻyicha jahon chempionati hamyurtimiz Habibullo Ergashev uchun muvaffaqiyatli yakunlangan edi. Ergashevning ushbu dunyo birinchiligida koʻpkurash dasturidagi ishtiroki unga Parij-2024 eshiklarini ochdi.

Ergashev Habibullo Himoyatullo oʻgʻli 1999-yil 6-may kuni Fargʻona shahrida tavallud topgan. 2012-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Ravshanbek Mirzayev. Sportchimiz barcha snaryadlarda yuqori mahorat koʻrsata olsada, sport otidagi mashq uning eng sevimli yoʻnalishi hisoblanadi. Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida va kuni kecha Toshkentda oʻtgan Osiyo chempionatida jamoaviy dasturda kumush medal bilan taqdirlangan. Bir necha nufuzli xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindorlar qatorida joy olgan.

Ergashev Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) tomonidan 2023-yilgi Jahon chempionati yakuniga koʻra eʼlon qilingan reyting orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

<iframe width="100%" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/2Xo4hjAK2KE" title="Parij-2024 litsenziatlari: Fargʻonalik gimnastikachimiz Habibullo Ergashev" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech