14 Iyun 2021 2191

Stritbol bo‘yicha yangi mavsumga start berildi

3×3 basketbol sporti yurtimiz yoshlari orasida sevimli sport turlaridan biri hisoblanadi. “Stritbol” nomi bilan ham mashhur bo‘lgan ushbu sport Osiyo va Olimpiya o‘yinlari dasturlariga ham kiritilgan bo‘lib, hozirda uni yana-da ommalashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Poytaxtimizdagi Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining sport maydonida stritbol bo‘yicha yangi mavsumni ochib beruvchi OPEN CUP 3×3 UZBEKISTON 2021 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimiz va qo‘shni davlat vakillari ham ishtirok etishdi.

Musobaqada O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov ham qatnashdi va taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga sovg‘alar ulashdi.

Text to speech