22 May 2024 701

Toshkentda xalqaro xotira turniri start oldi

Toshkentda yengil atletika bo’yicha G.Arzumanov xotirasiga bag’ishlangan xalqaro turnir boshlandi. Bir kunga mo’ljallangan ushbu musobaqada 13 davlatdan 194 nafar sportchi qatnashmoqda.

Hozirgacha yakunlangan bahslarda hamyurtlarimiz orasida Shohruh Davlatov 10 000 metrga yugurish, Ivan Denisov uch hatlab sakrash dasturlarida oltin medalni qo’lga kiritdi. Qayd etish joiz, mazkur turnirda atletlar Parij-2024 normativlarini bajargan taqdirda Olimpiya o’yinlari yo’llanmasini qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Kun davomida Sharifa Davronova, Suhrob Xodjayev, Svetlana Radzivil kabi taniqli sportchilarimiz ham startga chiqishadi.

Text to speech