21 May 2024 689

Parij-2024 litsenziatlari: Parallel brus ustasi Rasuljon Abdurahimov

Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasida kuchli avlod yetishib chiqdi. Aynan ushbu avlod Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga 3 ta yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Bu jamoa tarixidagi eng yaxshi natija. Bugun ikkinchi bor Olimpiada yoʻllanmasiga ega chiqqan Rasuljon Abdurahimov bilan yaqindan tanishamiz.

Abdurahimov Rasuljon Shuhrat oʻgʻli 1996-yil 3-oktyabr kuni Fargʻona viloyati, Fargʻona tumanida tugʻilgan. 2012-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Ravshanbek Mirzayev. Hamyurtimiz Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, uning hisobida Jahon kuboklarining 1 ta oltin medali ham bor. Kuni kecha Toshkentda oʻtgan Osiyo chempionatida kumush medal bilan taqdirlangan. Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Abdurahimov Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) tomonidan 2024-yilgi Jahon kubogi bosqichlari yakuniga koʻra eʼlon qilingan reyting orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Text to speech