14 Iyun 2021
2469
Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Osama Al-Shafar yurtimizda
O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi taklifiga binoan Osiyo velosport konfederatsiyasi (ASS) prezidenti Osama Ahmad Al Shafar yurtimizga tashrif buyurdi. Mehmonni federatsiya mutasaddilari va OAV xodimlari kutib olishdi.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi T.Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov va Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi R.Shoabdurahmonov bilan uchrashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan.
Shuningdek, tashrif doirasida Respublikada velosiped sportining hozirgi holati va uni yana-da rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro doiradagi qator masalalar muhokama qilinadi.