FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 May 2024 2190

Chavandozlarimiz Bishkek turnirini 7 ta medal bilan yakunlashdi

Qirgʻizistonning Bishkek shahrida konkur va ot yoʻrttirish boʻyicha Jahon kubogining final bosqichiga saralash vazifasini oʻtab beruvchi Yevrosiyo ligasining navbatdagi bahslari oʻz nihoyasiga yetdi. Unda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi yuqori natijalarni qayd etdi.

Mahoratli chavandozlarimizdan biri Xurshid Alimjonov “Leyman” laqabli tulporida 130 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash bahslarida eng yaxshi natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Musobaqaning ilk kunida ikki yoʻnalishda gʻalaba qozongan Bekzod Qurbonov “Matts” oti bilan 150 smli dasturda kumush medalga sazovor boʻldi. Shuningdek, Bahromjon Gaziyev, Bekzod Qurbonov, Oqil Sobirjonov va Aʼzam Tolibboyev jamoaviy dasturda shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy olishdi.

Yakunda hamyurtlarimiz ushbu turnirni 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan tugatishdi.

Text to speech