2023-yilning IV choragida MOQ uchun ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ-5281 sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiya)lar tomonidan Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
2023-yilning IV choragi davomida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan 21 ta sport federatsiya va uyushmalar bergan talabnomalari asosida ajratilgan mablag‘lardan mahalliy hamda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uchun 62 149 300 000 so‘m miqdorida mablag‘ moliyalashtirildi.
Shu bilan birga, Olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus ekipirovkalar xaridi, ularning tibbiy-biologik ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlar ham moliyalashtirildi.