18 May 2024 208

Anvar Anvarov Kiprda kumush medal sohibiga aylandi

Kiprning Limassol shahrida yengil atletika boʻyicha “Cyprus International Athletics Meeting” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Anvarov uzunlikka sakrash dasturida kumush medalga sazovor boʻldi.

Hamyurtimiz musobaqada faqatgina gretsiyalik Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Miltiadis Tentogludan pastroq natija qayd etdi. Qiziqarli ruhda oʻtgan bahs yakunida Tentoglu 8,25 metr, Anvar Anvarov esa 7,97 metr natija koʻrsatdi. Avstraliyalik Darsi Roper esa 7,72 metr bilan kuchli uchlikdan joy oldi.

1. Miltiadis Tentoglu (Gretsiya) – 8,25 metr
2. Anvar Anvarov (Oʻzbekiston) – 7,97
3. Darsi Roper (Avstraliya) – 7,72

Text to speech